AsosiyDunyo

Qurilishda ishchi bo`lib ishlaydigan yigit modelga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarning kuchiga ishonsangiz, ehtiyot bo`ling, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri.

Biz hikoya qilmoqchi bo`lgan yigitning hayotini ijtimoiy tarmoqlar tubdan o`zgartirib yubordi. Gollandiyada yashovchi, asli surinamlik bo`lgan 26 yoshli Nikke Libert qurilishda ishlayotganda, uning yoniga sayyoh qizlar kelib, “Suratga tushirsak maylimi, sizdan juda zo`r model chiqqan bo`lardi. Rasmingizni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiramiz”, deb taklif kiritdi. Ularning taklifiga yigit ham xursand bo`lib, bir zumda ko`na qoldi.

Shundan keyin moda bilan qiziquvchi qizlardan biri Danika yigitning suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi. Bu surat foydalanuvchilarga juda ham yoqdi. O`sha paytda Nikkining 485 nafar kuzatuvchisi bo`lgan bo`lsa, ertasi kuni ularning soni 20.000 ga, keyingi kuni esa 44.000 taga etdi. 

Modellik agentliklaridan biri o`ylab o`tirmay, Nikki bilan shartnoma imzoladi. Mo``jiza yuz berganidan Danikaning ham boshi osmonga etdi.

Boshiga baxt qushi qo`nishiga qaramay, Nikki hamon qurilishdagi ishini tashlagani yo`q, ishdan bo`shashga ham shoshilmayapti.

Boshqa yangiliklar