AsosiyJamiyat

10 oyda ish haqi va nafaqalarning 5,8 mlrd. so‘mi talon-toroj qilindi

Holat bo‘yicha 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'10 oyda ish haqi va nafaqalarning 5,8 mlrd. so‘mi talon-toroj qilindi'ning rasmi

 Respublikadagi mahallalarning 3646 tasida (38,5%) jinoyat qayd etilmadi, 4596 tasida (48,6%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 9 311 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.

Ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd. so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 22 115 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy   yordam ko‘rsatildi.

Shundan, 5 587 nafar tadbirkorga 691 mlrd. so‘mlik kredit, 421 nafariga yer maydoni, 132 nafariga bino ajratilishi, 976 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 7 235 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.

Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 210 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan ortiq   ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.

Shuningdek, 7897 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 18 565   ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 3 125 ta muammolar   ijobiy hal etildi.

2024 yilgi investitsiya dasturi asosida kurilish - ta’mirlash ishlari   amalga oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida   bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:06

    Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi

    Raqobat qo‘mitasi davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalardagi holatni o‘rgandi.

    'Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:36

    Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi

    “Inson huquqlari uyi”ning faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

    'Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi

    Harorat 5-9 daraja atrofida bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:49

    'Oksforddagi O‘zbekistonga oid xazinalar'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:22

    Oksforddagi O‘zbekistonga oid xazinalar

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurdi.

    'O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 18:51

    O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi

    Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi.