AsosiyJamiyat

Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 foizga oshgan

Narxlarning yillik o‘sish darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,0 foizni tashkil etgan.

'Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 foizga oshgan'ning rasmi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 % ga qimmatlashgan.   
  
Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023 yil noyabr oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,0 % ni tashkil etgan.  
  
2024 yilning noyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 1,0 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 % ga oshgani kuzatilgan.  
  
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan ziyot narxlar qayd etilgan.  
  
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

    Boshqa yangiliklar