AsosiyJamiyat

Tarakanlar bosishi sabab yaroqsiz holga kelgan uy egalariga yangi uy-joylar ajratiladi

Bunday uy-joy haqida YAIDXP orqali onlayn shikoyat qilish mumkin.

'Tarakanlar bosishi sabab yaroqsiz holga kelgan uy egalariga yangi uy-joylar ajratiladi'ning rasmi

Endi my.gov.uz portalida yangi ishga tushirilgan xizmatidan foydalanib, termitlar yoki boshqa hasharotlar tufayli yaroqsiz holga kelib qolgan uyni boshqasiga almashtirish mumkin. Bu haqda YAIDXP matbuot xizmati xabar qildi. 

Bu xizmatdan qanday foydalanish mumkin? 

my.gov.uz orqali "davlat xizmatidan foydalanib, uyingizni bepul tekshirtiring. Tekshiruv natijasida uyingiz yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, tegishli xulosani oling"— deyiladi xabarda.

Mazkur xizmatdan nafaqat uy egalari, balki unda istiqomat qiluvchilar ham foydalanishlari mumkin.

Uy haqiqatan yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, bu sizning davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlanishingiz uchun asos hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar