Kecha, 3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti favqulodda harbiy holat e’lon qilgan edi. Parlament a’zolari mamlakat prezidenti Yun Sek Yol tomonidan kechqurun joriy etilgan harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berishdi.
Muxolifatdagi Demokratik partiya yetakchisi Li Chje Men harbiy holat to‘g‘risidagi farmonni "noqonuniy" deb atadi, shuningdek, u politsiya va harbiylarni “o‘z o‘rinlariga qaytishga hamda harbiy holat bilan bog‘liq noqonuniy buyruqlarga bo‘ysunmaslikka chaqirdi.
Shundan so‘ng prezident Yun Sok Yol parlament talabiga binoan harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, harbiy holat rejimini joriy etishda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar o‘z harbiy qismlariga qaytarilgan.