Taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov joriy yil jahon miqyosida yilning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi. Sovrin sportchiga Gonkongda o‘tayotgan pumse bo‘yicha jahon chempionati arafasida topshirildi.
Ushbu nominatsiya g‘olibi butun dunyo bo‘yicha ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.
E’tiborlisi, bu o‘zbek taekvondochilarining jahon miqyosida ilk bor mana shunday nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. Boisi, shu paytgacha hech bir o‘zbekistonlik sportchi Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan bunday e’tirofga sazovor bo‘lmagan edi.