AsosiyJamiyat

Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi

Gaz zapravkalar faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov sabab shunday qarorga kelindi.

'Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi'ning rasmi

Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan. 

Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi.

Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz.

Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.