AsosiyDunyo

Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi

Rossiyada allaqachon Asad va uning yaqinlariga tegishli uylar mavjudligi aytilmoqda.

'Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi'ning rasmi

Rossiyada boshpana topgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadga fuqarolik berish taklif qilindi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Juravlyov ma’lum qildi.

“Har yili yetti yuz mingga yaqin odam Rossiya pasportini oladi va menga ishoning, ularning aksariyati taniqli odamlar emas. Rossiya barcha ittifoqchilariga, hatto, mag‘lub bo‘lganlariga ham insoniy munosabatda bo‘ladi. Bu bilan mamlakat do‘stlarini tezda keraksizga chiqaradigan AQSHdan tubdan farqlanadi. Shuning uchun, agar Yanukovich Rossiya fuqaroligini olishga erishgan bo‘lsa, nega Rossiya uchun ancha-muncha ish qilgan Asadga ham fuqarolik bermaslik kerak?” deydi Juravlyov.

“Financial Times” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada allaqachon Asad va uning yaqinlariga tegishli uylar mavjud. Xususan, Asadning qarindoshlari va yaqinlari 2019 yilda “Moskva-Siti”dan umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lgan kamida 19 ta kvartira sotib olgan. Sobiq davlat rahbarining akasi Hofiz Mahluf 13 ta kvartiraga egalik qiladi, Asadning amakivachchasi Rami Mahlufning xotini esa ikkita xonadonni o‘z mulkida saqlaydi. Sobiq prezidentning amakivachchalari yana to‘rtta uy-joy sotib olgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Netanyahu Isroilda sudlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 11.12.2024 17:54

    Netanyahu Isroilda sudlanmoqda

    Sud majlislari yer osti sud zalida bo‘lib o‘tdi.

    'Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri joniga qasd qilishga urindi'ning rasmi

    Dunyo 11.12.2024 13:22

    Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri joniga qasd qilishga urindi

    U harbiy holat tufayli tergov qilinayotgan birinchi gumondor hisoblanadi.

    'Turkiyada 30 ta mashina avariyaga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 10.12.2024 22:24

    Turkiyada 30 ta mashina avariyaga uchradi

    Hodisaga tuman va muz sabab bo‘lgan.

    'Rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni Rossiya maktablariga qabul qilish taqiqlanadi'ning rasmi

    Dunyo 10.12.2024 20:54

    Rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni Rossiya maktablariga qabul qilish taqiqlanadi

    Rossiya davlat dumasi rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni rus maktablariga kiritishni taqiqlovchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

    'O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

    Dunyo 10.12.2024 18:31

    O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

    Avvalroq, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishishini Filippin, AQSH, Xitoy va Salvador qo‘llab-quvvatlagan edi.

    'Tramp ikkita davlatga AQSH tarkibiga kirishni taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo 10.12.2024 17:39

    Tramp ikkita davlatga AQSH tarkibiga kirishni taklif qildi

    Ushbu davlatlar AQSHga noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasi muammosini hal qilishmasa, barcha tovarlarga 25 foizlik import bojlari joriy etishi haqida ogohlantirgan.