AsosiyJamiyat

Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi

Joriy yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

'Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi'ning rasmi

Oxirgi vaqtlarda Koreya Respublikasiga vaqtincha ishlash uchun borgan o‘zbekistonliklar orasida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketish holatlari ko‘paymoqda, deydi Migratsiya agentligi Matbuot kotibi.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekistonga ajratiladigan ishchi kvotalar soniga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, mamlakatimizdan borgan ishchilarning imidji tushib ketishiga sabab bo‘ladi.

Shu bois, Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir yurtdoshimiz ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekmoqda.

Shartnomada ish joyini sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadiganlarning kafillikka olayotgan yaqin qarindoshidan Koreyada nolegal yurgan har bir oyi uchun 2000 AQSH dollaridan jarima undirilishi belgilangan.

Ana shunday shartlarni buzgan qashqadaryolik fuqaro M.Aning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 392 000 so‘m undirgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.