Andijon shahrida Turkiyada istiqomat qilib kelayotgan 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2005 yilda tug‘ilgan qizga aldov yo‘li bilan xorijga olib chiqish va uni noqonuniy faoliyatga jalb qilishni maqsad qilgan.
U Bo‘ston tumani hududida qizni olib ketayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatib qolingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






