AsosiyDunyo

Rossiya askarlari o‘lgan shimoliy koreyaliklarning yuzlarini yoqib yubormoqda

Zelenskiy bu holatni “Rossiyada hukm surayotgan hurmatsizlik, insoniylikka, hamma narsaga hurmatsizlik namoyishi” deb atadi.

'Rossiya askarlari o‘lgan shimoliy koreyaliklarning yuzlarini yoqib yubormoqda'ning rasmi

Rossiya askarlari o‘lgan shimoliy koreyaliklarning yuzlarini yoqib yubormoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti kanaliga video joylagan va unda bir necha rus askarlari shimoliy koreyalik deb aytilayotgan marhumning boshini yoqib yuborgani tasvirlangan.

Ruslarda sinizm bundan battar bo‘lishi mumkin emasdek tuyulgandi, ammo yana ham yomonroq holatlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Rossiya nafaqat Shimoliy Koreya askarlarini Ukraina pozitsiyalariga hujum qilishga jalb qilmoqda, balki halok bo‘lgan askarlarni yashirishga ham harakat qilmoqda. Shimoliy Koreya askarlariga yuzlarini ko‘rsatish taqiqlangan. Kamiga ular mavjud bo‘lgan har qanday video dalillarni Rossiya harbiylari o‘chirishga harakat qilgan.

Koreyaliklarning Putin uchun jang qilishi va o‘lishiga hech qanday sabab yo‘q. Va o‘limdan keyin ham ular hech narsaga erishmaydi”, deydi Ukraina Prezidenti o‘zining Telegram kanalida.

Zelenskiy videoda sodir bo‘lgan voqeani “Rossiyada hukm surayotgan hurmatsizlik, insoniylikka, hamma narsaga hurmatsizlik namoyishi” deb atadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriya o‘tish davri hukumati prezidenti Turkiyaga bordi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:17

    Suriya o‘tish davri hukumati prezidenti Turkiyaga bordi

    Ahmad ash-Shara’a Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    'Shvetsiyadagi maktabda otishma sodir bo‘ldi, qurbonlar 10dan oshgan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:56

    Shvetsiyadagi maktabda otishma sodir bo‘ldi, qurbonlar 10dan oshgan

    Mamlakat bosh vaziri hodisani Shvetsiya tarixidagi eng dahshatli ommaviy otishma deb atadi.

    'Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan boj undirilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:15

    Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan boj undirilishi kutilmoqda

    Birgina Qirg‘iziston va O‘zbekistonning o‘tkazmalari o‘zidan 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ tushadi.

    'Avstraliyadagi plyajda 17 yoshli qiz akula hujumiga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2025 21:55

    Avstraliyadagi plyajda 17 yoshli qiz akula hujumiga uchradi

    U qirg‘oqdan taxminan 100 metr masofada suzayotgan bo‘lgan.

    'Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2025 08:58

    Qirg‘iziston ham kartoshka eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda

    O‘tgan yil kartoshka eksportining asosiy qismi O‘zbekistonga bo‘lgan.

    'Tramp Meksika mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini joriy qilish qarorini bir oyga to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2025 08:53

    Tramp Meksika mahsulotlariga bojxona to‘lovlarini joriy qilish qarorini bir oyga to‘xtatdi

    AQSH Kanada va Meksika mahsulotlariga 25% gacha boj to‘lovlarini joriy qilgan edi.