AsosiyJamiyat

Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘lanishi qonuniyligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

Natijada, tibbiyot birlashmasining mansabdor shaxslari 2023 yilning yanvar oyidan 2024 yilning noyabr oyiga qadar ataylab 17 nafar ishchi-xodimga jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘ini ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lab berishgan. So‘ngra ushbu pul mablag‘ini ishchi-xodimlarning bank kartalaridan yechib olib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborishgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar