Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Guseyn Guliyev orqali butun qardosh Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi. Bu haqda Bosh vazir Matbuot kotibi xabar qildi.
Avvalroq, Bosh vazir Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovga Oqtau aeroporti yaqinida “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani va odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.