Ijtimoiy tarmoqlarda baland terilgan qog‘oz ustiga chiqib, mashina qog‘ozlarni urib ketgach omon qolnanini ko‘z-ko‘z qilayotgan yigit videosi tarqalmoqda. Ayni paytda videodagi holat Ekologiya vazirligining ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Tez orada videodagi huquqbuzarlarning shaxslariga oydinlik kiritilib, atrof-muhitni isloslantirganlik holati bo‘yicha qat’iy jazo choralari qo‘llanadi. Avtomobil boshqaruvi va shaxslarning inson hayotini xavf ostida qoldiruvchi harakatlariga Ichki ishlar organlari va prokuratura idoralari huquqiy baxo berishlari kerak, deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.