Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi iste’moli 200 kilovatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘mdan to‘lanadi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qildi.
Xabarlarda "Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi" deyilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hukumatning tegishli qaroriga asosan bu tartib faqatgina yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
"Ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlari va egalaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz", - deyiladi xabarda.