AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 1 fevraldan poyezd chiptalari narxi 30 foizgacha oshiriladi

"Afrosiyob" elektropoyezdlarining chipta narxi 25 foizgacha, boshqa tez yurar yo‘lovchi poyezdlarniki esa 30 foizga oshirilmoqda.

'O‘zbekistonda 1 fevraldan poyezd chiptalari narxi 30 foizgacha oshiriladi'ning rasmi

2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tez yurar yo‘lovchi poyezdlar  "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarning chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari AJ matbuot xizmati xabar qildi. 

Unga ko‘ra, "Afrosiyob" elektropoyezdlarning chipta narxlari quyidagicha:

Toshkent — Buxoro

VIP 994 000 so‘m

Biznes 751 000 so‘m

Ekonom 484 000 so‘m

Toshkent — Qarshi

VIP 854 000 so‘m

Biznes 634 000 so‘m

Ekonom 406 000 so‘m

Toshkent — Samarqand 

VIP 619 000 so‘m

Biznes 450 000 so‘m 

Ekonom 294 000 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo‘nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tildi.

    Boshqa yangiliklar