AsosiyJamiyat

COVID-19'dan ham xavfli virus tarqalmoqdami?

Sanepidemqo‘mita metapnevmovirusi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

'COVID-19'dan ham xavfli virus tarqalmoqdami?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda metapnevmovirus infeksiyasi va ushbu infeksiyaning COVID-19dan ham xavfli ekanligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda. 

Sanepidqo‘mita ushbu kasallik to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qildi:

Metapnevmovirus birinchi marta 2001 yilda aniqlangan bo‘lib, asosan havo-tomchi yo‘li bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish orqali yuqadi.  Virusni asosan kuz-qish mavsumida faol aylanishi kuzatiladi.

Metapnevmovirus infeksiyasi, odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma kabi belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.

Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi.

Ushbu virus bilan kasallanish holatlari har yili dunyoning barcha mamlakatlarida qayd etiladi.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda, ayni paytda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kuzatilayotgani, shu bilan birga metapnevmovirusning ham qayd etilgani e’lon qilingan.

Ayni vaqtda respublikamizda ham o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Ushbu respirator infeksiyalarning so‘ngi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9%da gripp virusi, 30,2%da rinovirus, 28,6%da respirator-sinsitial virus, 1,2%da metapnevmovirus va 3,1%da boshqa viruslar aniqlangan.

"Shu o‘rinda fuqarolarimiz ushbu infeksiyalarni yuqtirib olmasliklari uchun:

profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qilish;

odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yosh bolalarni olib yurishni cheklash;

kasallik belgilari paydo bo‘lgan oila a’zolarini alohida saqlab, shifokor ko‘rsatmasiga asosan davolanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 22:17

    'Styuardessaga tegajog‘lik qilgan toshkentlik qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 21:14

    Styuardessaga tegajog‘lik qilgan toshkentlik qamaldi

    U mast holda bo‘lgani uchun jarima jazosiga ham tortilgan.

    'Chegaradan qurol olib kirishning oldi olindi'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 20:31

    Chegaradan qurol olib kirishning oldi olindi

    “Yallama” chegara posti pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 17:26

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 15:58

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Qoraqalpog‘istonda 103 xodimlari bemor qaynotasi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2025 14:53

    Qoraqalpog‘istonda 103 xodimlari bemor qaynotasi tomonidan kaltaklandi

    Holat tafsilotlari ochiqlanib, rasmiy izoh berildi.