AsosiyJamiyat

Bugun kunning ikkinchi yarmida qator hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublikada harorat pasayadi.

'Bugun kunning ikkinchi yarmida qator hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.  Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar