Qanot Sharq aviakompaniyasi 20 yanvardan 6 martgacha Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan parvozlar qisqarishi haqida e’lon qildi.
Ular orasida bitta ichki reys bor, qolganlari O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga hamda teskari yo‘nalishdagi reyslardir.
Ta’kidlanishicha, holat C-Check darajasidagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq. Xizmatning ushbu shakli har 15−24 oyda yoki 7500 parvoz soatida amalga oshiriladi. Bunday tekshiruvni o‘tkazish uchun samolyotni bir muncha vaqt foydalanishdan chiqarish kerak bo‘ladi.
Qisqaradigan reyslar:
- HH18 — 22 yanvar / 5 mart A320 Samarqand 7:00 — Toshkent 7:50;
- HH701 — 25 yanvar / 1 mart A320 Toshkent 1:00 — Domodedovo 5:30;
- HH702 — 25 yanvar / 1 mart A320 Domodedovo 17:40 — Toshkent 21:30;
- HH703 — 24 yanvar / 28 fevral A320 Farg‘ona 13:30 — Domodedovo 18:10;
- HH704 — 24 yanvar / 28 fevral A320 Domodedovo 7:50 — Farg‘ona 12:10;
- HH705 — 21 yanvar / 4 mart A320 Namangan 11:40 — Domodedovo 16:20;
- HH706 — 21 yanvar / 4 mart A320 Domodedovo 5:50 — Namangan 10:10;
- HH707 — 20 yanvar / 3 mart A320 Toshkent 23:40 — Domodedovo DME 4:10+1;
- HH707 — 24 yanvar / 28 fevral A320 Toshkent 1:50 — Domodedovo 6:20;
- HH708 — 21 yanvar / 4 mart A320 Domodedovo 17:40 — Toshkent 21:30;
- HH708 — 24 yanvar / 28 fevral A320 Domodedovo 19:30 — Toshkent 23:20;
- HH709 — 25 yanvar / 1 mart A320 Buxora 12:10 — Domodedovo 16:20;
- HH710 — 25 yanvar / 1 mart A320 Domodedovo 6:50 — Buxora 10:40;
- HH712 — 20 yanvar / 3 mart A320 Domodedovo 22:10 — Samarqand 2:00+1;
- HH715 — 20 yanvar / 3 mart A320 Toshkent 16:20 — Domodedovo 20:50;
- HH715 — 23 yanvar / 6 mart A320 Toshkent 14:50 — Domodedovo 19:20;
- HH716 — 23 yanvar / 6 mart A320 Domodedovo 20:40 — Toshkent 00:30+1;
- HH717 — 22 yanvar / 5 mart A320 Toshkent 21:10 Domodedovo 01:40+1;
- HH718 — 23 yanvar / 6 mart A320 Domodedovo 3:00 — Toshkent 6:50;
- HH741 — 21 yanvar / 4 mart A320 Samarqand 3:50 — Pulkovo 9:10;
- HH742 — 22 yanvar / 5 mart A320 Pulkovo 00:50 — Samarqand 5:40;
- HH743 — 21 yanvar / 4 mart A320 Namangan 18:10 — Pulkovo 23:30;
- HH744 — 21 yanvar / 4 mart A320 Pulkovo 10:30 — Namangan 15:25.
Chiptalarni qaytarish yoki almashtirish haqida ma’lumot olish uchun kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish lozim.