AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

'O‘zbekistonda import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (916-son, 30.12.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

▪️O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati; 

▪️O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati;

▪️Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar ro‘yxati.

O‘zbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi shart:

🔹chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;

🔹chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.

 Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.