Rossiya va O‘zbekiston olimlari jamoasi tomonidan videokuzatuv kameralaridagi tasvirlarda ko‘chadagi zo‘ravonlikni avtomatik taniy oladigan neyron tarmoq yaratildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Janubiy Ural davlat universiteti dots.ntining ma’lum qilishicha, tashqi kuzatuv kameralari katta ma’lumotlar oqimini yuklaydi, bu esa mavjud neyron tarmoqlarni ortiqcha yuklaydi.
Olimlar birgalikda neyronni yaratishda ko‘p qiymatli mantiqdan foydalangan. Tarmoq, bu kameralarga ushbu ortiqcha yuk muammosini muvaffaqiyatli hal qilishga imkon bergan. Natijada paydo bo‘lgan neyron tarmoq ko‘cha kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan zo‘ravonlik holatlarining 98% dan ko‘prog‘ini qayd olgan.
Universitetning qo‘shimcha qilishicha, yangi neyron tarmoq aholi punktlarida xavfsizlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan. U Smart City tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilinishi mumkin.