AsosiyJamiyat

Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Endi tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining ma’lumotlari kiritilganda ushbu bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

'Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga o‘zgartirish kiritilmoqda'ning rasmi

Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” AT bilan integratsiya qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-1-son, 11.01.2024 y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasiga 2025–2026 yillarda ajratilishi nazarda tutilgan mablag‘ning bir qismini 2023 yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yo‘llanma xarajatlarini hamda 2024 yil yoz mavsumiga 59 ta oromgohni tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirishga ruxsat berildi;

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi; 

Bundan tashqari, “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

Bunda yo‘llanma xarid qilish jarayonida Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining ma’lumotlari (JSHSHIR yoki guvohnoma seriyasi va raqami) kiritilganda ushbu bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:31

    Jizzaxda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

    Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida videolavha tarqalmoqda.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Bugun O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

    Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.01.2025 20:11

    'O‘zbekistonda import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 10.01.2025 19:59

    O‘zbekistonda import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi

    Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

    'Bank kartalaridagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinyapti(mi?)'ning rasmi

    Jamiyat 10.01.2025 17:17

    Bank kartalaridagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinyapti(mi?)

    Tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Markaziy bank rasmiy munosabat bildirdi.

    '“Akademik harakatchanlik” dasturining 2024 yilgi g‘oliblari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 10.01.2025 16:09

    “Akademik harakatchanlik” dasturining 2024 yilgi g‘oliblari aniqlandi

    G‘oliblarga umumiy hisobda 734 mln so‘mlik sertifikatlar topshirilgan.