AsosiyJamiyat

2025 yilda O‘zbekiston hududlarida 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

Jamoat transporti uchun zamonaviy 700 ta avtobus xarid qilinadi.

'2025 yilda O‘zbekiston hududlarida 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi'ning rasmi

Muhokamaga qo‘yilgan 2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etiladi.

Hududlarda jamoat transportida elektron to‘lovlar jozibadorligini oshirish va elektron to‘lovlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish (hozir 15 foiz) rejalashtirilgan.

Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilinadi.

Hududlarda 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish mo‘ljallanmoqda.

Hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 150 kmga yetkazish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar