AsosiySport

Toshkentda harbiy-vatanparvarlik yugurish musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

'Toshkentda harbiy-vatanparvarlik yugurish musobaqasi g‘oliblari aniqlandi'ning rasmi

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan "Men g‘olib" vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning 10 km. masofadagi bahslarida marra chizig‘ini 30 daqiqa 6 soniyada bosib o‘tgan Shohruh Davlatov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Hayitxon Abdummanopova ayollar o‘rtasidagi bahslarda 36 daqiqa 56 soniya natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, turli yo‘nalishdagi jamoaviy bellashuvlarda Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar akademiyasi va Mudofaa vazirligi jamoalari tengsiz bo‘ldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, "Men g‘olib" vatanparvarlik yugurish musobaqasi ishtirokchilar o‘rtasida vatanparvarlik va hamjihatlik ruhining yorqin ifodasi bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qildi.

Tadbir so‘nggida, g‘olib va sovrindorlar medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar