AsosiyDunyo

AQSHdan Toshkentga uchayotgan samolyot mast yigit sabab Qozonga favqulodda qo‘ndi

26 yoshli yigit parvoz vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilib, janjal chiqargan.

'AQSHdan Toshkentga uchayotgan samolyot mast yigit sabab Qozonga favqulodda qo‘ndi'ning rasmi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Nyu-York-Toshkent reysi bo‘yicha uchayotgan samolyot bortida mast holda tartibsizlik qilgani sababli Qozonga favqulodda qo‘ngan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Suxrob U. parvoz vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilib, janjal chiqara boshlagan. Yo‘lovchilar uni bog‘lab qo‘yishgan.

Erkak reysdan chetlashtirilib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan va u yerda unga nisbatan protokol tuzilgan. Samolyot bir necha soatdan keyin Toshkentga eson-omon qo‘ngan.

    Boshqa yangiliklar