2025 yilda O‘zbekistonda magistral elektr tarmoqlari orqali 76 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasini uzatish maqsad qilingan. Bu haqda 16 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari“ aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mahfuza Suvonova ma’lum qilgan.
Unda ta’kidlanishicha, 2025 yilda 76 milliard kilovatt soat elektr energiyasini uzatish, elektr energiyasi iste’molini qisqartirish, yangi elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025 yilda 1350 megavatt quvvatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 100 megavatt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqlarga ulanishi kutilmoqda.