AsosiyJamiyat

2025 yil uchun paxta xom-ashyosi xaridi qoidalari o‘zgardi

Endi paxtaning boshlang‘ich narxi Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalaridan kelib chiqib belgilanadi.

'2025 yil uchun paxta xom-ashyosi xaridi qoidalari o‘zgardi'ning rasmi

“Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-7-son, 17.01.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilidan:

▪️O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi kalendar yilining 1 noyabr kunida (2025 yil hosili uchun 1 fevralda) paxta tolasining Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosining boshlang‘ich narxini (birinchi nav, ikkinchi sinf) aniqlab, Birjaning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi;

▪️mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha paxta xomashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar va klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida paxta xomashyosi yetkazib berish bo‘yicha oldi-sotdi (fyuchers, forvard va spot) shartnomalari Birjaning paxta xomashyosi seksiyasida har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan savdolarda tuziladi;

▪️xo‘jaliklar hamda qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tomonlarning erkin tanlovi asosida o‘tkaziladigan birja savdolari orqali xo‘jaliklar tomonidan yetkazib berish muddatlarini hamda bir yoki bir nechta xaridorni mustaqil ravishda tanlash orqali rasmiylashtiriladi;

▪️Birjada barcha shartnomalar “Agroplatforma” axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida tuziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 21:12

    'Parijda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 20:26

    Parijda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

    So‘ng davlatimiz rahbari oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya Prezidentining qarorgohi - Yelisey saroyiga yo‘l oldi.

    'Samarqanddan uchgan Rossiya samolyoti nosozlik tufayli aeroportga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 19:54

    'Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 10:12

    Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi

    3 nafar shaxs xonadonni har oyiga 250 AQSH dollaridan ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

    '"Majburiy ovoz yig‘ish uchun maoshingizdan ushlab qolishlariga yo‘l qo‘ymang!”'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 08:36

    "Majburiy ovoz yig‘ish uchun maoshingizdan ushlab qolishlariga yo‘l qo‘ymang!”

    Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi.

    'Andijonda ham yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat 12.03.2025 08:25

    Andijonda ham yer qimirladi

    Silkinish uchta tumanda qayd etilgan.