AsosiyDunyo

Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan.

'Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Turkiyaning Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Yong‘in 12 qavatli yog‘och mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lgan va tezda butun binoga tarqalgan. Qutqaruvchilar dam olayotganlarni evakuatsiya qilib, kurortning to‘rtta mehmonxonasiga joylashtirgan. O‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirishda davom etmoqda.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning restoran qismida boshlangan, xodimlar choralar ko‘rgan, o‘t o‘chiruvchilar taxminan 40-45 daqiqadan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan.

“Yong‘inni bartaraf etishda turli davlat idoralari va tashkilotlarining 267 nafar xodimi ishtirok etdi va bu ishlar davom etmoqda”, dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya.

Kartalkaya — Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi tog‘-chang‘i kurorti. U Bolu provinsiyasida, Keroglu tog‘ tizmasi hududida joylashgan. Tog‘ tizmasining eng baland nuqtasi — Keroglu tepesi. U dengiz sathidan 2499 metr balandlikda joylashgan.

    Boshqa yangiliklar