Xitoyda mushuk tasodifan ish beruvchiga xat yuborib, egasini “ishdan bo‘shatdi”. Bu esa ayolning ishini va yillik mukofotini yo‘qotishiga olib keldi, deya xabar bermoqda zamon.uz.
Chongqing shahrida yashovchi yigirma besh yoshli ayol yanvar oyi boshida ishdan bo‘shashi to‘g‘risida ariza yozgan, ammo uni yuborishga jur’at etmagan. Chunki unga to‘qqizta mushukni boqish uchun pul kerak edi. Biroq uning uy hayvonlaridan biri xatni jo‘natishga qaror qildi: xavfsizlik kamerasi mushuk stolga sakrab tushgani va tasodifan noutbukdagi tugmani bosib, xo‘jayiniga xatni yuborgan paytni suratga olgan.
Ayol vaziyatni rahbariga tushuntirishga urinib, aybni mushugiga yukladi, ammo rahbari unga e’tibor bermadi. Natijada u ishsiz va bu yil 29 yanvarga o‘tar kechasi boshlanadigan bahor bayrami oldidan ko‘plab kompaniyalar to‘laydigan mukofotsiz qoldi.