"O‘zgidromet" xizmati 23-27 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.