AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Harorat 0-5° atrofida bo‘ladi.

'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zgidromet 30 yanvar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahri
Havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qor yog‘ishi mumkun. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkun. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 0-2° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKЕNT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°  sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RЕSPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar