AsosiyJamiyat

Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

Chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat bo‘lganda murojaat qilish so‘ralmoqda.

'Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi'ning rasmi

Oliy sud tomonidan Navoiy viloyati hokimligi va “Berejlivost” XICHK (xususiy ishlab chiqarish korxonasi) sanitar tozalash korxonasi o‘rtasidagi bitim bekor qilindi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar qildi. 

Ma’lum qilinishicha, 2019 yil 18 yanvarda Navoiy viloyati hokimligi va sanitar korxona o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik asosida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 2-sonli bitim va 1-sonli qo‘shimcha kelishuv imzolangan edi. 

Sud qaroriga asosan mazkur bitim va kelishuv korxona tomonidan abonentlarga qoniqarsiz xizmat ko‘rsatilganligi sababli bekor qilindi. Ya’ni korxona 2-sonli bitim bo‘yicha Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumanida, 1-sonli qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha esa viloyatning Zarafshon tumani hududida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsata olmaydi. 

Bundan tashqari, ayni paytda Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy Ekologiya boshqarmasi va “Berejlivost” XICHK o‘rtasida 2021 yil 10 sentyabrda tuzilgan Tomdi, Qiziltepa va Uchquduq tumanlarida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 14-son bitimni bekor qilish yuzasidan kiritilgan da’vo arizasi apellyatsiya sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

"Shu o‘rinda boshqa sanitar tozalash korxonalariga tegishli darajada sifatli xizmat ko‘rsatishga mas’ul ekanliklarini, aks holda bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishini eslatib o‘tamiz!

Diqqat! Agar sizda ham chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat va takliflar bo‘lsa, Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 1205 qisqa raqamlariga murojaat qiling!" - deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 22:38

    O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi

    Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda.

    '"Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 21:18

    "Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Bugun Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchiga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.

    'Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 21:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin

    Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.