AsosiyJamiyat

O‘zbekistondagi yirik kimyo zavodlari hali zamon talablari darajasida emas

Prezident kimyo sanoatidagi rejalarni tanqidiy ko‘rib chiqdi.

'O‘zbekistondagi yirik kimyo zavodlari hali zamon talablari darajasida emas'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni kimyo sanoatida 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda bu tarmoqda sezilarli o‘zgarish bo‘lgani, yangi texnologik zanjirlarni yaratish uchun investitsiyalarga keng yo‘l ochilgani bilan, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emasligi qayd etildi.

Shu bois tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga hali ishlatilmagan imkoniyatlarni, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni aniq ko‘rsatib o‘tdi.

Masalan, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirib, kimyo korxonalarida qo‘shilgan qiymatni hozirgidan bir necha barobar oshirish mumkin.

Prezidentimiz bu boradagi kamchiliklarni qayd etib, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi.

Hukumatga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Tarmoqdagi har bir korxonani raqamlashtirish, quvvatlardan oqilona foydalanish, energiya samaradorlikni oshirish va tannarxni kamaytirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida aktrisani avtomobil bosib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 20:11

    Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida aktrisani avtomobil bosib ketdi

    Mashinani boshqargan voyaga yetmagan aktrisa boshqaruvni yo‘qotgan va Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketgan.

    'Samarqandda eshak so‘yib sotib kelgan qassob ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 18:09

    Samarqandda eshak so‘yib sotib kelgan qassob ushlandi

    So‘yib kanalga tashlab ketgan eshak suyaklari uni fosh etdi.

    'Toshkentda 132 ming qutidan ortiq  noqonuniy tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 17:25

    Toshkentda 132 ming qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

    2024 yilda noqonuniy tamaki muomalasi bilan bog‘liq 512 ta holat fosh etilgan.

    '“Navoiy azot” zavodidagi laboratoriyada portlash bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 16:16

    “Navoiy azot” zavodidagi laboratoriyada portlash bo‘ldi

    Portlash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 15:58

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Fransiyadagi nufuzli shaharsozlik forumida ilk bor O‘zbekiston ishtirok etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 15:54

    Fransiyadagi nufuzli shaharsozlik forumida ilk bor O‘zbekiston ishtirok etmoqda

    Kann shahrida dunyoning eng nufuzli ko‘chmas mulk va investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.