Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning yanvar oyidagi yig‘ilishlarida (9 marta) 44 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.
Xususan, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 8 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinishi ham muhokama qilindi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 1 ta to‘lov tizimi operatori chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 10 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.