Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2024 yil yakunlari ijrosi yuzasidan hisobotini ko‘rib chiqdi.
Majlisda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov axborot berdi.
Uning qayd etishicha, Davlat dasturidagi ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilgan. 2024 yil yakunida yalpi ichki mahsulot o‘tgan yilga nisbatan 6,5 foizga oshib, 115 mlrd. dollarga yetgan. Davlat budjeti daromadlari 274,4 trillion so‘mga yetib, 18,4 foizga ko‘paygan. Yillik inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil etgan.