AsosiyJamiyat

Surxondaryoda chaqalog‘ini urgan ona javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi

Ayni paytda er va xotin o‘zaro nizo vaziyatida bo‘lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

'Surxondaryoda chaqalog‘ini urgan ona javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

Avvalroq, Surxondaryoda go‘dak bolani onasi urayotgani aks etgan video tarqalgan edi. 

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.

Olib borilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, videodagi holat 1 yil avval sodir bo‘lganligi aniqlandi. 

Xususan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro T.M (2001 yilda tug‘ilgan ayol) 2024 yilning may oyida sobiq turmush o‘rtog‘i A.Q (1994 yilda tug‘ilgan erkak) bilan janjallashib,  bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermaganligi vaji bilan bolani otasiga bosim qilib qo‘rqitish maqsadida video qo‘ng‘iroq qilib, farzandi A.R (2023 yilda tug‘ilgan qiz) ni urib tasvirga olgan va uni sobiq turmush o‘rtog‘iga yuborganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda bolani sog‘lig‘iga zarar yetmaganligi aniqlanganligi sababli 14.05.2024 yilda holat yuzasidan ayol MJtKning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.

Hozirda T.M. sobiq turmush o‘rtog‘i va uning oila a’zolari bilan o‘zaro nizo vaziyatida bo‘lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar