AsosiyJamiyat

Sirdaryoda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralashni ma’lum qildi.

'Sirdaryoda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi'ning rasmi

Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda o‘qituvchini urgan ayol kechirim so‘rab chiqdi. Ayolning qo‘pol muomalasi jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi.

 Holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan va unga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralaydi va doimo murosasiz munosabatda bo‘ladi", -  deyiladi vazirlik xabarda.

    Boshqa yangiliklar