AsosiyDunyo

“Aleksey Navalniy” nomidagi mukofot ta’sis etiladi

Yuliya Navalnayaga ko‘ra, mukofot har yili 4 iyun kuni yosh siyosatchilarga beriladi.

'“Aleksey Navalniy” nomidagi mukofot ta’sis etiladi'ning rasmi

Marhum siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya “Aleksey Navalniy” mukofotini ta’sis etish haqida e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, mukofot har yili 4 iyun – Aleksey Navalniyning tug‘ilgan kunida yosh siyosatchilar va mahalliy tashabbuslar vakillariga topshiriladi.

Yuliya eri Aleksey bilan hech qachon uning ishini davom ettirishi mumkin bo‘lgan vaziyatni muhokama qilmaganini ta’kidladi. 

"U tavakkal qilishga tayyor edi, lekin menga bunday taqdirni ravo ko‘rmasdi va har doim meni himoya qilishni istardi. Men doimo xavf ichida yashayotganimizni bilardim, Aleksey esa hech qachon ortga chekinmasdi. Ammo men buni hech qachon tushunmagan edim... 16 fevral kuni tushundim. Men Vladimir Putin rejimi iloji boricha tezroq tugashini xohlayman. Men orqaga – uyga qaytishni orzu qilaman", — dedi Navalnaya o‘z nutqida. 

    Boshqa yangiliklar