2024 yilda taxminan 461,5 ming o‘zbekistonlik Umra amallarini ado etdi. Bu haqda ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vaziri doctor Tavfiq bin Favzon ar – Rabi’a Janobi Oliylari ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Podshohlikka keluvchi umrachilar bo‘yicha O‘zbekiston dunyo miqyosida 10-o‘rinni egalladi. Mazkur raqam 2023 yil bilan solishtirganda, 10%ga kamaygan bo‘lsada, O‘zbekiston umrachilar soniga ko‘ra Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni qayd etgan. O‘zbek umrachilari soni mamlakatda yashovchi musulmonlarning 1,4%ini tashkil etmoqda.
"Yuqoridagi raqamlar o‘zbek xalqining Ikki muqaddas masjid bilan qanchalik chuqur bog‘likligini aks ettiradi. Bu o‘z navbatida Podshohlikhukumati tomonidan Umraning uzluksiz va to‘liq tajribasini ta’minlash yo‘lida xizmatlar va yengilliklarning to‘liq tizimini yaratish borasidagi sa’y - harakatlarni ko‘rsatib beradi", - dedi Podshohlik Haj va Umra vaziri.