AQSH tomoni G7 – “Katta yettilik” davlatlari kommyunikesida Rossiyaga nisbatan "agressor" so‘zi ishlatishiga qarshi chiqdi.
24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirib, urush harakatlari boshlaganiga rosa 3 yil to‘ladi. AQSH G7ning ushbu sanaga bag‘ishlangan kommyunikesida Rossiyaga nisbatan "agressor" iborasi qo‘llanilishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi o‘z manbalarga tayanib yozmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan virtual G7 sammitida ishtirok etishi masalasi ham hozircha aniq kelishib olinmagan.
Financial Times maqolasida ta’kidlanganidek, bu G‘arbning "an’anaviy birdamligi ifodasi”ni buzishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri birinchi marta AQSH tomoni BMT Bosh Assambleyasining Ukrainaga bag‘ishlangan Rossiyaga qarshi rezolyutsiya loyihasiga hammualliflik qilmadi.
Avvalroq esa Yevropa diplomatiyasi rahbari “Rossiya hujumi” haqida gapirgan edi.
Abdulloh Sayyid