AsosiySport

Iroda To‘laganova tennis federatsiyasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

5 nafar sport mutaxassisi O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosarligiga saylandi.

'Iroda To‘laganova tennis federatsiyasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 20 fevral kuni O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiya yakunlariga ko‘ra, yangi kadrlar qarori qabul qilindi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

5 nafar sport mutaxassisi O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosarligiga saylandi. Jumladan, o‘zbek tennisi afsonasi Iroda To‘laganova, shuningdek, Zelemxon Haydarov, No‘mon Sattorov, Aziz Hamidov va Sardor Komilov rais o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkor Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi etib saylangani xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar