AsosiyJamiyat

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda boshqa hududga qo‘ndi

Bunga samolyot bortida bo‘lgan 75 yoshli yo‘lovchining ahvoli og‘irlashib qolgani sabab bo‘lgan.

'Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda boshqa hududga qo‘ndi'ning rasmi

Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda Bahraynga qo‘ndi. Bu haqda Air Samarkand aviakompaniyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, UZS4003 Toshkent—Jidda reysi bortda yuzaga kelgan favqulodda tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Parvoz davomida 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘ldi

Samolyot bortida bo‘lgan shifokor bemorning hayoti xavf ostida ekanini tasdiqladi. Havo kemasi komandiri Talanov Roman Igorevich boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tezkor qaror qabul qilib, bemorga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bahraynga favqulodda qo‘nishga qaror qildi.

Bosh bortkuzatuvchi Shishkina Alena boshchiligidagi bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam ko‘rsatdi. Aeroportda bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirildi.

Reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga davom etadi.

    Boshqa yangiliklar