AsosiyJamiyat

Avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 barobar qisqaradi

Prezident bojxona faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

'Avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 barobar qisqaradi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni bojxona faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy aloqalarni yaxshilash maqsadida bu sohada ko‘p ishlar qilindi. O‘nga yaqin davlatlar bilan oldindan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, bojxona rasmiylashtiruvi va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari tashkil etildi. 4 ta yirik bojxona postida terminallar qurildi, 20 dan ziyodi yangi uskunalar bilan ta’minlandi. Tadbirkorlar uchun 35 ta axborot tizimi joriy qilinib, eksport jarayonlari 9 bosqichdan 3 bosqichga tushdi.

Bularning natijasida chegara orqali transportlar harakati 8 barobar ko‘payib, qariyb 5 milliontaga yetdi. Budjetga tushumlar 9 barobar o‘sib, o‘tgan yili 63 trillion so‘mdan oshdi. Yuklarni rasmiylashtirish vaqti importda 3 soat, eksportda 20 daqiqagacha qisqardi.

Umuman, tizim soddalashtirilishi orqali 6 mingga yaqin eksportyor hamda 20 mingga yaqin importyorning sarf-xarajati va vaqti tejalgan. Xalqaro logistika reytingida bojxona ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 140-o‘rindan 74-o‘ringa ko‘tarilgan.

Lekin hali raqamlashtirish, jarayonni tezlashtirish va qulaylashtirish bo‘yicha vazifalar ko‘p. Taqdimotda shu boradagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

So‘nggi yillarda bojxona hududida qayta ishlash turlari kengaytirilgani samarasida bu tarzda eksport qilingan tovarlar ulushi o‘tgan yili 1 milliard dollardan oshgan. Bu tizimni yanada soddalashtirib, shu yilning o‘zida eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkin.

Qo‘shni davlatlar bilan savdo va turizm aloqalari kengayib borayotgani tufayli chegaradagi yo‘lovchilar va avtotransport oqimi kamida 2 karra oshishi kutilmoqda. Bu qo‘shimcha infratuzilma yaratib, postlarda o‘tkazuvchanlikni oshirishni talab qiladi.

Jumladan, xalqaro qatnovlarni ko‘paytirish maqsadida avtobuslarda ham, aviareyslardagidek, yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni oldindan olish tizimi ko‘zda tutilmoqda. Natijada avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 barobar qisqaradi. Shuningdek, eng yirik bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilish taklif etilmoqda.

Bojxona kuzatuvida sun’iy intellektni keng qo‘llash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda Jahon banki mutaxassislari ko‘magida “xavf tizimi” takomillashtiriladi. Bu tizim moliyaviy barqarorlik, savdo tarixi kabi 122 ta mezon bo‘yicha tadbirkorlarning ishonchlilik darajasini baholaydi. Shuningdek, rentgen tasvirlari sun’iy intellekt asosida tahlil qilinib, xavfli tovarlar avtomatik aniqlanadi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, sohada xalqimiz uchun yengilliklar yaratish, tadbirkorlar va turistlarga tezkor xizmat ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida bunga bojxona qonunchiligini to‘liq muvofiqlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Bojxona instituti salohiyatini oshirish, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, tahlika-tahlil bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, dual ta’limni kengaytirib, amaliyotni yaxshilash muhimligi qayd etildi.

  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suv va elektr uchun iste’molchilardan 50 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ortiqcha hisoblangan'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 22:35

    Suv va elektr uchun iste’molchilardan 50 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ortiqcha hisoblangan

    Raqobat qo‘mitasi tomonida "O‘ZSUVTA'MINOT" va "HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI"da nazorat ishlari olib borilmoqda.

    'Afg‘onistonda o‘zbeklar qidirayotgan gaz konida tez orada qazish ishlari boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 22:02

    Afg‘onistonda o‘zbeklar qidirayotgan gaz konida tez orada qazish ishlari boshlanadi

    Shu kunlarda Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

    'Namanganda mashina urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 21:40

    Namanganda mashina urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi

    Yuqori tezlikda harakatlanayotgan mashina oldiga qiz yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib chiqib qolgan.

    'Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 21:30

    Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi

    Prezident tayinlovni amalga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

    'Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 20:17

    Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi

    Hozirda qizning o‘limi sababi aniqlanmoqda.

    'Shifoxonalarga ishga qabul qilishning yangi elektron mexanizmi yaratildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.02.2025 18:18

    Shifoxonalarga ishga qabul qilishning yangi elektron mexanizmi yaratildi

    Tizim korrupsiya va turli byurokratik hamda inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga qanday barham beradi?