Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida K. Dusovga (1984 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Sud hukmiga muvofiq K. Dusov Jinoyat kodeksning 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan fuqaro M. Eshimqulovga, Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari bilan fuqarolar O. Kamolova va Sh. Hasanovaga oid ayblov epizodlari bo‘yicha ifodalangan jinoiy hodisa yuz bermagani sababli aybsiz deb topilib, Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan oqlandi.
K. Dusov 4 nafar jabrlanuvchiga (Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi mas’ullari N. Yalgasheva, O. Kamolova, Sh. Hasanova va S. Suyarova) Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a” bandi va 140-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.