AsosiyDunyo

YEI Suriyaning energetika va transport sohalaridagi sanksiyalarini to‘xtatdi

Shuningdek, mamlakatning to‘rtta bankini cheklovlardan ozod qildi.

'YEI Suriyaning energetika va transport sohalaridagi sanksiyalarini to‘xtatdi'ning rasmi

YEI Suriyaning energetika va transport sohalariga oid sanksiyalarni to‘xtatdi va mamlakatning to‘rtta bankini cheklovlardan ozod qildi. 

Ma’lum qilinishicha, shuningdek, quyidagi beshta tashkilotdan ham sanksiyalar olib tashlanadi: Industrial Bank, Popular Credit Bank, Saving Bank, Agricultural Cooperative Bank va Syrian Arab Airlines.

Banklarga energetika va transport sektorlari bilan bog‘liq tranzaksiyalarni amalga oshirish va Yevropa moliyaviy muassasalari bilan munosabat o‘rnatishga berildi. Shuningdek, Suriya Markaziy bankiga mablag‘lar va iqtisodiy resurslar taqdim etish imkoniyati ruxsat etiladi.

Suriyaga nisbatan sanksiyalar Yevropa Ittifoqi tomonidan Bashar Asad rejimi davrida joriy etilgan bo‘lib, u 2024 yil dekabrida to‘xtatilgan edi.

    Boshqa yangiliklar