AsosiyJamiyat

Farg‘onada Xalq banki mansabdorlari moddiy yordam pullarini o‘zlashtirib yubordi

Bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln so‘m moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirilib, o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan.

'Farg‘onada Xalq banki mansabdorlari moddiy yordam pullarini o‘zlashtirib yubordi'ning rasmi

AT “Xalq banki” Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, markazning mansabdor shaxslari hamda boshqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy ta’minoti IABS’dagi markazning ikki nafar xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqarolarning xabarisiz va ishtirokisiz ularning nomiga bank kartalarini ochib, bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln so‘m moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirilib, o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.

    'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

    Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

    'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:09

    Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

    Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.