AsosiyDunyo

Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlab, sotib yuborgan ayol qatl etildi

Sotilgan bolalarning birinchisi ayolning o‘z farzandi bo‘lgan.

'Xitoyda 17 bolani o‘g‘irlab, sotib yuborgan ayol qatl etildi'ning rasmi

Xitoyda jinoiy sheriklari bilan 17 bolani o‘g‘irlab, sotgan ayol qatl etildi. Bu haqda XXR Oliy xalq prokuraturasi xabar berdi.

Oktyabr oyida Guychjou provinsiyasi sudi 17 bolani o‘g‘irlaganlikda ayblangan 61 yoshli Yuy Xuainni o‘lim jazosiga hukm qilgandi.

"Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, Guychjou provinsiyasi Guyyan shahrining o‘rta darajadagi xalq sudi 28 fevral kuni Yuy Xuainga nisbatan o‘lim hukmini ijro etdi," deyiladi xabarda.

Sudning aniqlashicha, 1993 yildan 2003 yilgacha Yuy Xuain sheriklari bilan birga Guychjou va Yunnan provinsiyalari hamda Chunsin shahridan 17 nafar bolani o‘g‘irlab ketgan. Ularning hammasini Xebay provinsiyasida sotgan.

Sudda ayol jabrlanuvchilarga befarq bo‘lgan va pushaymonlik bildirmagan, deb yozadi "Sinszin bao" gazetasi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sotilganlarning birinchisi o‘z farzandi Yuy Xuain bo‘lgan. 2004 yilda u bolalarni o‘g‘irlash va sotish uchun hibsga olingan edi, ammo u o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan, natijada u atigi sakkiz yillik qamoq jazosini olgandi.

    Boshqa yangiliklar