AsosiyJamiyat

2025 yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

'2025 yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi'ning rasmi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining 2025 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi

Unga ko‘ra, Fatvo markazi bu yilgi ramazon oyi uchun zakot nisobini 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib  61 mln 200 ming so‘m deb belgiladi. Shunga asosan, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 mln 200 ming so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foiz)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

  • 2 kg bug‘doy unidan — 10 000 (o‘n ming) so‘m;
  • 4 kg arpadan — 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
  • 2 kg mayizdan — 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
  • 4 kg xurmodan — 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki  uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.

    'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

    Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

    'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:09

    Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

    Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.