"Dunyodagi madaniyat markazlarida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish allaqachon ijobiy natijalar bermoqda. Joriy yilning 29 yanvar kuni markaz faoliyati bilan tanishish chog‘ida hurmatli Prezidentimiz ushbu tarixiy makonda innovatsion texnologiyalar yordamida ilm-fanning jahon tarixiga qo‘shgan hissasini o‘rganish va namoyish etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar bergandilar. Shuning uchun biz xalqaro tajribani o‘rganmoqdamiz. Yaqinda Italiya davlatiga bo‘lgan safarimiz chog‘ida qator ekspertlar va olimlarni mamlakatimizga taklif etgan edik. Ularning tajribasidan unumli foydalanib, Markaz ekspozitsiyalarini global darajada interaktiv ta’lim, madaniy-ma’rifiy platformaga aylantirishni maqsad qilganmiz," — dedi markaz direktori Firdavs Abduxoliqov uchrashuv davomida.
Eslatib o‘tamiz, 12-16 fevral kunlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi ilmiy-ijodiy tashrif bilan Italiyada bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu safar doirasida Italiyada bir qator kutubxona, muzey vakillari, ekspertlar va kolleksionerlar bilan muzokaralar o‘tkazildi.