AsosiyJamiyat

Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

'Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi'ning rasmi

Qonun (O‘RQ-1041-son, 28.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qonun bilan “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 min so‘m) miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi.

Ilgari BHMning 5 baravari edi.

Shuningdek, ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sobiq ichki ishlar vaziri  Prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2025 18:24

    'Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli bugundan boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2025 18:15

    Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli bugundan boshlandi

    30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

    'O‘zbekistonda hafta davomida harorat 20-22 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2025 11:47

    O‘zbekistonda hafta davomida harorat 20-22 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

    'AQSHdan  Kosta Rikaga yuborilayotgan yana 10 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2025 11:16

    AQSHdan Kosta Rikaga yuborilayotgan yana 10 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilmoqda

    Fuqarolar joriy xafta davomida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keladi.

    'Taniqli yozuvchi Shodmon Otabek vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2025 09:49

    Taniqli yozuvchi Shodmon Otabek vafot etdi

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi 79 yoshda edi.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yangi bozor ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2025 09:45

    Rossiyada o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yangi bozor ochildi

    Umumiy maydoni salkam 130 ming kv. metrga teng savdo bozorida 30 ga yaqin muzlatgich, vaqtinchalik saqlash omborlari, ref-konteynerlar, tadbirkorlar uchun mehmonxona va oshxona mavjud.